Xedj fondlar GameStop “Uchishi” dan keyin treyderlar forumlarini ko’rib chiqa boshladi.
Katta Hedj fondlari o’zlarini muvofiqlashtirilgan hujumlaridan himoya qilish uchun professional bo’lmagan treyderlarning forumlarini tahlil qilishni boshladi. Melvin Capital GameStop geymerlar do’konlari tarmog’ining aktsiyalari bilan tuzilgan bitimlar tufayli o’z aktivlarining 30 foizini yo’qotib, chakana investorlar bilan to’qnashuv qurboniga aylandi.
Melvin Capital GameStop aktsiyalaridagi mayda treyderlarga qarshi zarar ko’rganidan so’ng, katta hedj fondlari birjadagi professional bo’lmagan o’yinchilar forumlarini tahlil qilishga majbur bo’ldi, deb yozadi Financial Times.
Kardatskening aytishicha, so’nggi kunlarda ko’plab tashkilotlar va yirik hedj fondlari kompaniyaga ushbu ma’lumotlarni real vaqtda yetkazib berishni buyurgan.
«Barcha Melvin va boshqa hedj fondlar ko’rgan zarardan so’ng ehtiyotkor bo’lib qoldi. Bugun hamma chakana treyderlar pozitsiyani qayerda portlash uyushtirishi yoki qayerda unga qiziqishning keskin ko’tarilishi mumkinligini bilishni istaydi », dedi u.
Teyderlarbing individual kayfiyatiga bo’lgan qiziqishning ortishi bu hafta GameStop aktsiyalarining eng yirik egalaridan biri bo’lgan Melvin Capital hedj fondi o’z aktivlarining 30 foizini yo’qotganidan va investorlardan 2,7 milliard dollar yordam so’rashga majbur bo’lganidan keyin yuz berdi.
«Reddit, shubhasiz, xatarlarni boshqarish masalasidir. Bu bizning kun tartibimizdagi asosiy masala », – dedi Financial Times gazetasiga nashri nomi keltirilmagan dunyodagi eng yirik xedj-fond firmalaridan biri rahbari. Uning ta’kidlashicha, fond Reddit kabi forumlarni kuzatib borishni rejalashtirmoqda, chunki aktsiyalarni “short”da ushlayotgablarga qarshi kampaniyaga kirishmaslik (ya’ni ularning pasayishi bilan pul ishlashga harakat qilish) lozim.
Treyderlar Wall Street texnologiyasini o’ziga qarshi ishlatishni o’rgandi, dedi ETF Trends investitsion bo’limi rahbari Devid Nadig.