Bu qisqartmalarning barchasi kompaniyalardagi yuqori lavozimlarining nomlariga borib taqaladi. Siz qaysi lavozimni hohlardingiz?
CEO – Chief Executive Office.
Bosh ijrochi direktor yoki ijrochi direktor tashkilotning menejment va ma’muriy yo’nalishi uchun mas’ul bo’lgan shaxsdir. Bosh direktor karyera zinapoyasining cho’qqisida joylashgan. Aksariyat hollarda bosh direktor kompaniya asoschisidir va kompaniyaning maqsadi, istiqboli va vazifasini belgilaydi. Biznesni bozor bilan bog’lash uchun javobgardir, byudjetni tuzishda, investitsiya qarorlarini qabul qilishda va kompaniyaning strategiyasini o’z maqsadlariga erishishi uchun yo’naltirishda so’nggi so’zlarni aytadi (agar tuzilmada kuzatuv o’rgani va aksiyadorlar ham bo’lsa, ularga hisobot va takliflar beradi). Ideal bosh direktor “yetakchi” bo’lishi kerak, jamoaga ko’rsatma va resurslarni taqdim etishi va to’siqlarni bartaraf etishi kerak.
COO – Chief Operating Officer.
Bosh operatsion direktor kunlik ma’muriyat va biznesni boshqarishga mas’uldir. COO to’g’ridan-to’g’ri Bosh ijrochi direktorga (CEO) bo’ysunadi va uning o’ng qo’li hisoblanadi. Ba’zi bir korporatsiyalarda COO ijrochi vitse-prezident sifatida ham tanilgan.
CMO – Chief Marketing Officer.
Bosh marketolog yoki ko’proq Marketing bo’limi boshlig’i deb yuritiladi va savdo faoliyati, mahsulot ishlab chiqarish, reklama, bozorni o’rganish va mijozlarga xizmat ko’rsatishni o’z ichiga olgan marketing faoliyati uchun javobgardir. Aloqa orqali sifatli xizmatni ta’minlash va boshqa bo’linmalarning manfaatlarini inobatga olgan holda marketing faoliyatini optimallashtirish bilan shug’ullanadi.
CFO – Chief Financial Officer.
Moliyaviy direktor sifatida ham tanilgan Moliya bo’limi boshlig’i kompaniyaning iqtisodiy va moliyaviy rejalashtirish ishlariga mas’uldir. Qachon va qayerga sarmoya kiritishni hal qilish, xatarlarni baholash, barchasi kompaniyaning qiymatini oshirish maqsadida amalga oshiradi. Moliyaviy ma’lumotlar, buxgalteriya hisobiga bilan shug’ullanadi va biznesning umumiy va tahliliy qiyofasini shakllantiradi. Ko’p hollarda, shuningdek, bosh direktorning strategik masalalar bo’yicha maslahatchisi bo’ladi.
CIO – Chief Information Officer.
Bizda bosh axborot xodimi kompaniyaning axborot texnologiyalari bilan bog’liq tizimlariga jarayonlar darajasida va rejalashtirish nuqtai nazaridan qaraydi. CIO yangi texnologiyalar taqdim etishi mumkin bo’lgan afzalliklarni tahlil qiladi, qaysi biri kompaniya uchun qiziqroq ekanligini aniqlaydi va uning faoliyatini baholaydi. CIO samarali aloqani ta’minlash va tashkilotning barqaror ishlashini ta’minlash uchun ichki jarayonlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan faoliyat bilan shug’ullanadi.
CTO – Chief Technology Officer.
Texnologiyalar bo’yicha bosh mutaxassisi ijro etilishi nuqtai nazaridan axborot tizimlarining rivojlanishi va to’g’ri ishlashini nazorat qiladi. Umuman texnik guruhlar va yakuniy mahsulotni yaxshilash bo’yicha yangi strategiyalarni amalga oshirish uchun javobgardir. CIO pozitsiyasiga o’xshash rol, chunki ba’zi kompaniyalarda ular vazifalarni birgalikda bajaradilar. Asosiy farq shundaki, CIO samaradorlikni oshirish maqsadida axborot tizimlariga (kommunikatsiya ish oqimi) e’tibor qaratadi, CTO esa yakuniy mahsulotni yaxshilashga qaratilgan texnologik strategiya uchun javobgardir.
CCO – Chief Communications Officer.
Aloqa bo’limi boshlg’i korporatsiyaning mavqeyini yuksaltirish va saqlash, ommaviy axborot vositalari bilan aloqa qilish ishlariga javobgar. Asosiy vazifasi mijozlarni qo’llab quvvatlash, bildirilgan fikrlarni tahlil qilish, ijtimoiy tarmoqlarda va global tarmoqda kompaniya mavqeyini boshqarish kabilardir.
Ko’p hollarda so’nggi uch guruh (CIO, CTO, CCO) vazifasini bir bo’lim bajaradi va AKT (Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari) bo’yicha mutaxasis deb yuritiladi.