Abror Aliboyev
Ushbu kichik blogda o'zim qiziqqan sohalardagi izlanishlarim, fikr va mulohazalarim hamda ko'rgan kechirganlarimmdan hikoyalarni qoralab boraman.

Inflyatsion kutilma haqida

Jahon bo’yicha inflyatsiyta va inflyatsion kutilmalar (insonlarning inflyatsiya oshishiga ishonchi) oshib bormoqda. Nega unda oltin va boshqa qimmatli metallar narxi oshmayapti?

Investorlar kutayotgan inflyatsiyani ko’rsatadigan eng to’g’ri ko’rsatkich bu AQSh davlat obligatsiyalari va inflyatsiyadan himoyalangan obligatsiyalarning o’rtasidagi farqdir. Bugun bu spred 2.2 foizni tashkil etmoqda va so’nggi 5 yilning eng yuqori ko’rsatkichi bo’lmoqda. Ya’ni investorlar inflyatsiyani FRT (Federal Rezerv Tizmi = AQSh markaziy banki) targetidan (2%) yuqori. Bu g’ayritabiiy holat.

Oltin narxi va kutilayotgan inflyatsiya o’rtasidagi bog’liqlik bo’yicha ko’plab tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqotlar inflyatsiya oshishining oqibatida oltinning narxi oshishini ko’rsatgan. Bu mantiqan to’g’ri chunki oltin himoyalovchi qimmatli metal hisoblanadi.

Investorlar yuqori inflyatsiya darajasini 2,2% da kutishayotgan ekan, nima sabab oltin narxi hamon $1 800 atrofida aylanmoqda?

Ushbu savolga javob berish uchun oltin narxiga ta’sir qiluvchi barcha omillarni ko’rib chiqish lozim.

  1. Inflyatsion kutilma. Bu qanchalik yuqori bo’lsa investorlar doimiy stavkali obligatsiyalarga pul tikishga qo’rqishadi. Bunday hollarda ko’pchilik qimmatbaho metallar sotib olishga harakat qiladi.
  2. Tartibga soluvchilarning siyosati. Agar markaziy banklar pulni moliya bozoriga chiqaradigan bo’lsalar, bu barcha aktivlarni, shu jumladan oltinniham narxi ko’tarilishiga olib keladi.
  3. Iqtisodiy sikl. Inqiroz paytida oltin barcha qimmatli qog’ozlar bilan bir qatorda arzonlashadi. Shunga qaramay, u narxini tezroq tiklaydi. Iqtisodiy o’sish davrida oltin sekin o’sadi. Sababi investorlar oltindan ko’ra ko’proq xatari yuqori bo’lgan aksiyalarga pul tikishga kirishishadi.
  4. Qo’rquv. Ushbu omil oldingisiga juda bog’liq. Bozor qulashidan xatari qanchalik yuqori bo’lsa, shuncha ko’p oltin sarmoyalanadi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, agar iqtisodiy inqiroz fonida qo’rquv mavjud bo’lsa, investorlar qimmatbaho metallarga sarmoya kiritish uchun mablag’ga ega bo’lmasliklari mumkin.

Ushbu model oltinning o’tgan yili nima sababdan $2000 gacha qimmatlashganini yaqqol ko’rsatadi. Bu tavakkalchilikka ishtaha yo’qligi va bozor pul bilan to’yintirilganiligning oqibati edi. Bugungi kunda vaziyat boshqacha. Qimmatli qog’ozlar bozorida hali ham pul ko’p, ammo tavakkalchilikka ishtaha sezilarli darajada oshdi.

Hozircha faqat birinchi ikkita omil oltin foydasiga o’ynaydi. Darhaqiqat, inflyatsion kutishlar tizimga pul quyilishi tufayli emas, balki global talabning tiklanishi sabablidir, qaysiki o’z navbatida narxlarning ko’tarilishiga olib keladi. Bu albatta ko’z oldida narxlari o’sib borayotgan aksiya va xatarliroq aktivlar turganida investorlarda oltinga pul tikish istagini uyg’otmaydi.

Xatarga bo’lgan ishtaha bugun oltinga qarshi o’ynamoqda. Ammo bu qimmatbaho metallar o’z qudratini yo’qtdi degani emas.

Ikki narsani yodda tutish lozim.

  1. Regulyatorlar QE ni juda uzoq vaqt to’xtamaydi va pulni qayergadir joylash kerak bo’ladi.
  2. Investorlarning xavf-xatarga bo’lgan quturgan ishtahasi abadiy qolmaydi.

Bugungi kundagi boom yoki korreksiya va asab buzarliklar bilan tugaydi, yoki bundan-da yomonroq bo’ladi. Xavf ishtahasi tushgan taqdirda (Pul stanoklari ishlab turgan vaziyatda ham), oltin yanada o’sishi mumkin. Albatta bozordagi eyforiya va cheksiz o’sishlarni kuzatib yakun hali uzoqda deb o’ylash mumkin, ammo hayot kutilmagan hodisalarga boy va ularga tayyor bo’lish yaxshiroqdir.

Qimmatbaho metallar yaqin kelajakda o’z so’zlarini aytishlari mumkin.

Muallif: Yevgeniy Kogan.

%d bloggers like this: