Iqtisodiyotni o’rganishda ko’pincha bu so’zlarga duch kelamiz va e’tiborsiz qoldiramiz. Ularni bir biridan farqlay olmaslik natijasida o’rganayotgan ma’lumotlarimizni tushunish ba’zida qiyin bo’ladi. Bugun shu bo’shliqni to’ldirish maqsadida ushbu terminlarni Wikipedia va Investopedia kabi resurslardan titkilab, qo’ldan kelguncha interpretatsiya qilamiz.
Kartel – bu rasmiy kelishuv asosida bozordagi narxni nazorat qilish maqsadida birlashgan ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi kompaniyalarning guruhidir. Boshqacha aytganda kartel – bu mustaqil ishlab chiqaruvchilarning jamlanishi va o’zlarini yagona ishlab chiqaruvchi kabi tutishi va shu yo’l bilan raqobatni kamayitirishga erishishidir. Kartellar raqobatni yengishda bir qancha usuldan foydalanishadi.
Bular.
1. Ishlab chiqarishni vaqtincha kamaytirish evaziga bozorda taklifni sun’iy yo’l bilan kamaytirish.
2. Monopol narxni o’rnatish.
3. Soxta buyurtmalar evaziga talabni sun’iy ravishda oshirish.
4. Bozorni bo’lishib olish.
Ko’pgina davlatlarda kartellar noqonuniy sanaladi chunki bunday harakatlar iste’molchiga zarar keltiradi
Jahonning eng yirik kartel tashkiloti bu OPEC (Organization of Petroleum Exporting Countries) sanaladi. Bu tashkilot neft qazib olish va qayta ishlash bilan shug’ullanadigan 14 davlatni o’z ichiga oladi. Bu tashkilot qonuniy sanaladi va uni AQSh xalqaro savdo qonunlari himoyalaydi. Tashkilotning maqsadi a’zo davlatlarda neftni qayta ishlash, qazib olish hajmi va siyosatini nazorat qilish. – bu rasmiy kelishuv asosida bozordagi narxni nazorat qilish maqsadida birlashgan ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi kompaniyalarning guruhidir. Boshqacha aytganda kartel – bu mustaqil ishlab chiqaruvchilarning jamlanishi va o’zlarini yagona ishlab chiqaruvchi kabi tutishi va shu yo’l bilan raqobatni kamayitirishga erishishidir. Kartellar raqobatni yengishda bir qancha usuldan foydalanishadi.
Bular.
1. Ishlab chiqarishni vaqtincha kamaytirish evaziga bozorda taklifni sun’iy yo’l bilan kamaytirish.
2. Monopol narxni o’rnatish.
3. Soxta buyurtmalar evaziga talabni sun’iy ravishda oshirish.
4. Bozorni bo’lishib olish.
Ko’pgina davlatlarda kartellar noqonuniy sanaladi chunki bunday harakatlar iste’molchiga zarar keltiradi
Jahonning eng yirik kartel tashkiloti bu OPEC (Organization of Petroleum Exporting Countries) sanaladi. Bu tashkilot neft qazib olish va qayta ishlash bilan shug’ullanadigan 14 davlatni o’z ichiga oladi. Bu tashkilot qonuniy sanaladi va uni AQSh xalqaro savdo qonunlari himoyalaydi. Tashkilotning maqsadi a’zo davlatlarda neftni qayta ishlash, qazib olish hajmi va siyosatini nazorat qilish.

Konsorsium – bu ikki va undan ortiq mustaqil jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlatlarning bir maqsad yo’lida birlashib harakat qilishidir. Konsorsium a’zolari resurslarni jamlash (o’rtaga qo’yish) yoki konsorsium kelishuvida korsatilgan shartlarni bajarish majburiyatini oladilar.
Konsorsiumlar ko’p hollarda notijorat sektorda kuzatiladi. Masalan ta’lim muassasalari. Institutlar va boshqa ta’lim dargohlari ko’pincha birlashib o’zlarining ilmiy resurslarini birlashtirishadi yoki professor va talabalarini almashib turishadi.
Bunday konsorsiumlardan biri Massachusetsdagi Five College Consortium o’z ichiga University of Massachusetts Amherst, Mount Holyoke College, Hampshire College, Smith College va Amherst College kabi ta’lim muassasalarini oladi.
Tijorat sektorida ham konsorsiumlar kuzatiladi.
Ulardan biri British Aerospace, Aérospatiale, Construcciones Aeronáuticas SA, and DASA kabi Yevropa aviakompaniyalarini birlashtiruvchi Airbus Industrie GIE bo’la oladi.
AQShdagi video striming servisi Hulu ham yirik media kompaniyalardan tashkil topgan konsorsium sanaladi. Hulu a’zolari Comcast, Time Warner, the Walt Disney Company va 21st Century Fox nomli kopmpaniyalar sanaladi.

Konsern – bu mustaqil kompaniyalarning bir boshqaruv organi ostida birlashishidan tashkil topgan kompaniyalar guruhidir. Konsern bitta boshqaruvchi va bir yoki bir nechta bo’yunuvchi kompaniyalrdan tashkil topadi. Boshqaruvchi kompaniyalar (Parent Company deb ham yuritiladi) bo’ysunuvchi kompaniyalar (Subsidiar Company deb ham yuritiladi) kompaniyalarning aksiyalariga egalik qiladi yoki ovo berish huquqini oladi. Konsern nemischa “Konzern” so’zidan olingan (aslida ham konsernlar amaliyotda asosan Germaniya kmopaniyalarida kuzatiladi) va “Manfaat”, “Ishtirok etish” kabi ma’nolarni anglatadi.
Eng yirik konsernlardan biri – bu Germaniyaning Volkswagen Aktiengesellschaft (Volkswagen so’zi Tarjimada: Milliy avtomobil, Aktiengesellschaft esa Aksiyadorlik jamiyati degan ma’nolarni anglatadi) avtokonserni sanaladi. Ushbu konsern o’z ichiga 342 ta avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni qamrab olgan. Ulardan Audi AG, Automobil Lamborgini (Audi AG ga subsidiar kompaniya), Bentley Motors, Bugatti Automobiles S.A.S, SEAT S.A, Skoda Auto a.s, Porsche, Ducati Motor Holding S.p.A (Audi AG ga subsidiar) va ItalDesign Giugiaro kabilarini yaxshi taniymiz.

Konglamerat – bu boshqa-boshqa tarmoqlarda faoliyat yurituvchi bir qancha kompaniyalarning bitta korporativ guruh tashkil qilishidir. Konglameratlarda ham Konsernlardagidek yagona boshqaruvchi kompaniya mavjud bo’ladi va Konsernlardan a’zo kompaniyalarning cheklangan majburiyatlar asosida ishtirok etishi huquqi bilan farqlanadi. Ya’ni Konglameratlarda kompaniyalar to’liq Ona kompaniyalarga bo’ysunmasligi mumkin. Konglameratlar risklarni diversifikatsiya qilishda va harajatlarni optimizatsiya qilishda samarali hisoblanadi.
Eng yirik konglameratlardan biri – bu Warren Buffet boshchilik qiladigan Berkshire Hathaway (BRK.A) hisoblanadi. Uning tarkibiga 50 dan ortiq turli sohalarda faoliyat yurituvchi kompaniyalar kiradi.

Agglomeratsiya – bu koproq iqtisodiy termin bo’lib bir biriga yaqin joylashgan bir necha kompaniyalar yoki davlatlarning har bir tomonga naf keltirishi mumkin bo’lgan faoliyat ustida birlashishiga aytiladi. Kompaniyadan tashqarida sodir bo’ladigan, ammo tarmoqdagi barcha kompaniyalarga foyda keltiradigan iqtisodiy kengayish (Agglomeratsiya) quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:
Yangi ishlab chiqarish usullari
Tashish usullari
Davlat soliq imtiyozlari
Chet ellik raqibga nisbatan oshirilgan tariflar
Sindikat – bu bir kompaniya uchun bajarish qiyin bo’lgan faoliyat ustida bir nechta kompaniyalarning birlashib o’zaro birdamlik bilan harakatlanishi natijasida tashkil topadigan kompaniyalar guruhidir. Sindikatlar ko’pncha resurslarni birlashtirish va riskni taqsimlash maqsadida tashkil qilinadi. Bank va sug’urta sohalarida, investitsion kompaniyalar amaliyotida sindikatlarni ko’rish mumkin. Sug’urta sohasidan misol keltiramiz. Bir sug’urta kompaniyasi bir yirik firmaning ishchilari sog’ligini sug’urta qilish majburiyatini olish jarayonida umumiy javobgarlik summasini hisoblaydi va bu summa sug’urta kompaniyasining hajmidan katta bo’lishi mumkin. Shunda sug’urta kompaniyasi boshqa kompaniyalarni yordamga chaqiradi va shu yo’l bilan riskni taqsimlaydi.

Holding – bu bir qancha kompaniyalarning boshqaruv paketi yoki aksiyalariga egalik qiluvchi ona kompaniya. Ko’p hollarda holding kompaniyalar o’ziga tegishli subsidiar kompaniyalarning faoliyatiga aralashmaydi ammo nazorat qiladi. Holding kompaniyalar subsidiar kompaniyalarning javobgarligini o’ziga olmaydi. Ya’ni subsidiar kompaniya bankrotlikni e’lon qilsa kreditor holding kompaniyasini javobgarlikka torta olmaydi.
