Abror Aliboyev
Ushbu kichik blogda o'zim qiziqqan sohalardagi izlanishlarim, fikr va mulohazalarim hamda ko'rgan kechirganlarimmdan hikoyalarni qoralab boraman.

Sizga ham innovatsiya qilish imkonsiz bo’lib qolgandek tuyiladimi?

Menga shunday tuyiladi. Lekin adashayotganimga ishonchim komil.

Raqamli san’at asari degan so’znichi? Eshitganmisiz?
Tushuntirishga urinib ko’raman.
Kolleksionerlar auksionlarda turli xil san’at asarlarini millionlab pullarga xarid qilishini bilamiz. Endi bu butunlay raqamli tarzda bo’lishi mumkin. nafaqat auksionlar elektron platformalarda, balki siz xarid qilayotgan dunyoda yagona bo’lgan bir san’at asari ham raqamli ko’rinishda bo’ladi. Qanday???
Bunda Blockchain yordam beradi. Ya’ni ushbu raqamli tovar ning maxsus tokeni bo’lib uning haqiqiyligini va dunyoda yagonaligini tasdiqlaydi. Uni shunchaki copy qilib olgan taqdiringizda ham siz asl nusxaga ega bo’lmaysiz.

Misol: Monalizaning nusxasini arzonga sotib olish mumkin, originali qancha turadi?
$860 mln.

Elektron san’at asari mavzusiga qaytamiz.
Banksy ning Morons nomli asari bir kriptovalyuta bilan shug’ullanuvchi kompanioya tomonidan tahminan $95 mingga sotib olinadi va jonli efirda dunyo ko’zida yoqib yuboriladi. Keyinchalik shu sur’atning Original tokenga ega bo’lgan ko’rinishini kompaniya savdoga qo’yadi va $380 ming ga sotadi. Mana o’sha video.

Twitter asoschisi Jack Dorsey o’zining 22 mart 2006 yil yozgan birinchi twitini savdoga qo’ydi va ushbu twitga taklif qilinayotgan narx $2.9 mln ni tashkil etmoqda. Bu twitning linki.
Kimga kerak bu twit? 😂
Ahmoqlikka o’xshaydi. Darvoqe…
Lekin unday emas. Bu usul kraudfunding ning yangi ko’rinishiga aylanishi mumkin. Bundan tashqari Hozirda katta qiziqish va qo’rquvlar bilan kuzatib borilayotgan bitcoin, Etherium va boshqa kriptovalyutalarning kelajagini belgilab berishi ham mumkin. Chunki bunday auksionlar faqat kriptovalyuta yordamida amalga oshirilmoqda.
Yuqoridagi Banksyning Morons asari ayna shunday auksionlarda millionlarga san’at asarlarini sotib oladiganlar ustidan kulib ishlangan asar edi.

Qanday zamonlarga yetib kelganimizni tasavvur qilayapsizmi?

BBC ning posti

Youtubedagi batafsilroq video va fikr mulohazalar rus tilida.

NFT lar sotiladigan sayt

%d bloggers like this: