Apreldagi Xedj Fondlari va “Mayda investorlar” o’rtasidagi moliyaviy urush yodingizda bo’lsa kerak. Aniqroq, GameStop voqealari…
Xullas shundan keyin redditchilarning guruhidagi a’zolar soni hozirda 10.6 mln dan oshib ketdi. Bu istalgan vaqt yana GameStop ga o’xshash voqealar takrorlanishi mumkiniligini bildiradi va bunga turli harakatlar ham bo’lmoqda. Masalan Sofi nomli elektron tolov tizimlari kompaniyasini ba’zi ishtirokchilar guruhda reklama qilib kelishmoqda, ammo bu hozircha umum-guruhiy harakatga aylanayotgani yo’q.
Robinhood (Robinhood Markets Inc) esa onlayn brokerlik kompaniyasi va uning ham yuqoridagi voqealarda aloqasi bor. Darvoqe shundan so’ng Robinhoodning ham mijozlari Reutersning aytishicha 1 mln dan hozirda 18 mln gacha o’sib ketibdi va yaqin kelajakda IPO ga chiqayotganligi ham ma’lum bo’ldi. Bu haqda Forbes shubhali darajada iliq so’zlar bilan post yozgan. Shubhali deyishimizning sababi regulyatorlar Robinhoodni rekord darajada jarimaga tortgani ma’lum. Jarima summasi $70 mln. Umumiy hisobda regulyatorlarga kompaniya $136 mln to’laganligi ham ehtiyotkorlik darajasini oshiradi. Jarimaga sabab sifatida regulyatorlar kompaniya mijozlarini har xil ma’lumotlar bilan chalg’itishga urinayotganligi, texnik va texnologik jarayonlarni jiddiy nazorat qilmayotganligi, faqat mijozlar kommissiyasidan emas o’z mablag’larini ham aksariyatini bozorga investitsiya qilganligi kabi holatlarni keltirib o’tgan. Shubhali ekannining yana bir sababi Robinhood mijozlaridan biri Alex Keamsga $730 000 qarzga kirib qolganligi va shundan $170 000 qismini olish uchun uning uyiga borishayotganini xabar qilgan. Bundan qo’rqib Alex o’z joniga qasd qilgani holati va GameStop voqealarida ham Robinhood foydalanuvchilarni harakatga chaqirganidir.
Jarima haqida Financial Industry Regulatory Authorityning (FINRA) ning o’zidan batafsil
———————————————
Alex Keams holati haqida The Verga dan
———————————————
Forbes ning Robinhood IPO si haqidagi maqolasi
———————————————
Reutersning ham xabarini qo’shib qo’yamiz
———————————————
Redditdagi WallStreetBets nomli community