Abror Aliboyev
Ushbu kichik blogda o'zim qiziqqan sohalardagi izlanishlarim, fikr va mulohazalarim hamda ko'rgan kechirganlarimmdan hikoyalarni qoralab boraman.

Dushanba kuni Muskni sud qilishmoqchi….

Qarindosh urug’chilik va korrupsiya faqat bizda bor deb o’ylaganlar uchun bu kutilmagan yangilik bo’lishi mumkin. 😅

Xullas Teslaning aksiyadorlari 2016 yilda Tesla kompaniyasi pullariga bankrotlik yoqasida turgan kompaniya – SolarCityni sotib olishda Muskning qo’li bor degan da’vo bilan uni sudga berishibdi.
Savol tug’iladi. Qanday? Nega? Qarindoshlikni bu yerda nima aloqasi bor?
Ketma-ket javob topamiz…

Da’voga ko’ra Musk Tesla kompaniyasining kuzatuv kengashidan SolarCityni iloji boricha qimmatroqqa sotib olishga aksiyadorlarni ko’ndirib berishni so’ragan. Bu holda pul kompaniya hisobidan ya’ni aksiyadorlar hisobidan to’lanadi. Muskga buning foydali tomoni shundaki, u SolarCityning eng yirik aksiyadori bo’lgan. Tesla SolarCityni qimmatroqqa sotib olishi kompaniya uchun zararli ammo Musk uchun foydali bo’lgan va nafaqat… Muskdan tashqari aytishlaricha Teslaning direktorlari kengashida ham SolarCityning aksiyalariga egalik qilgan aksiyadorlar bo’lgan. Oddiy tilda aytsak, Musk zarar ko’rmaslik uchun o’zi ishlab turgan tashkilot (Tesla) puliga bankrotlik yoqasidagi kompaniyani sotib olgan.
Qarindosh urug’chilik qani? SolarCity kompaniyasi Muskning amakivachchalariga tegishli kompaniya bo’lgan va uning qimmatga sotilishidan ular ham foyda ko’rishgan. Tanish holat shundaymi?😀

Muskning o’zi esa bu ayblovlar yolg’on ekanligini va bu ishlarda uning qo’li yo’qligini hamda aksiyadorlar o’zlari sotib olishga ovoz berganliklarini ta’kidlamoqda.

Agar sudda Musk yutqazsa, Nafaqat kompaniyaning o’zi, balki Musk boshchilik qiluvchi boshqa kompaniyalarning ham aksiyalari keskin arzonlashishi mumkin. Bundan tashqari Anonymousning Muskga qo’ygan boshqa ayblovlari ham uning muxlislari ko’zida haqiqatga aylanishi, Muskga zamonimizni o’zgartiradigan Toni Stark sifatida ortiq qaramay qo’yishlari, umuman Muskning obro’sini keskin tushishi ehtimoli katta.

CNBCdan axborot

%d bloggers like this: