Abror Aliboyev
Ushbu kichik blogda o'zim qiziqqan sohalardagi izlanishlarim, fikr va mulohazalarim hamda ko'rgan kechirganlarimmdan hikoyalarni qoralab boraman.

Asr o’g’irligi, Arm China va NVIDIA. Semiconductor robbery of the century

NVIDIA eng zo’r videokartalarni ishlab chiqaradigan jahondagi yagona kompaniya. Uning raqobatchisi bor AMD nomli. Ammo Diskret Grafik kartalari bozorining NVIDIA 83% ini AMD esa qolgan 17%ini egallagan.
AMD ko’proq protsessorlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya hisoblanadi.
NVIDIA ning markaziy prostsessorlar bozoriga kirish maqsadining qanchalik jiddiy ekanini ARM kompaniyasini sotib olish haqidagi muzokaralaridan bilib oldik. ARM o’zi nima? nega unga egalik qilish shunchalar muhim.

ARM wikipediyada yozilishicha 1990 yil 29 noyabrda tashkil qilingan yarim-o’tkazgichlarni ishlab chiqaruvchi kompaniya bo’lgan. Keyinchalik ushbu kompaniya protsessorlar arxitekturasini tuzish va undan foydalanish istagidagi boshqa kompaniyalarga litsenziya berish bilan shug’ullangan. Hozirda qo’limizdagi smartfonlar, uyimizdagi elektr jihozlari, ofis, do’konlardagi umuman mikrochiplarga ega bo’lgan tovarlarning katta qismi ARM litsenziyalagan protsessorlarda ishlaydi.
Sonlar gapirsin…
Quyida 2019 yil ARM qaysi bozorlarda qancha ulushga ega bo’lganligi ko’rsatiladi:
Mobil protsessorlar (Smartfonlar, mobil qurilmalar va planshetlar) – 90%
Internet tarmoqlarida (Cloud computing) – 32%
IVI & ADAS tizimlar (Avtopilotlar, sun’iy intellekt tomonidan boshqariladigan avtomobillar) – 75%
IoT jihozlar (Internet of things yoki internet tarmog’i orqali ishlaydigan qurilmalar. Masalan Savdo terminallari) – 90%
Qisqa va tushunarli tilda aytganda, ixcham qurilmalarning katta qismi armda ishlaydi.

NVIDIA Arm ni sotib olishi – Arm qo’lidagi butun bozor NVIDIAga o’tishini anglatardi. Bu esa Intel, IBM kabi kompaniyalar oldida NVIDIAni gigantga aylantirib yuborardi. Sababi Intel hozir asosan Serverlarga protsessor ishlab chiqarmoqda iste’molchilar bozorini AMD ga boy berdi desak ham bo’ladi. AMD esa asosan ARM ustida quriladi. Grafik protsessorlar bozorini NVIDIA ta’kidlaganimizdek deyarli egallab bo’lgan. Bu haqdagi fikrlarni majburan to’xtataylik… Xitoy haqidagi fikrlarga joy qolmayapdi 😁
Lekin avval NVIDIA va Arm muzokarasi haqida qisqacha ma’lumot olamiz.
Arm kompaniyasini 2016 yilda Yaponiyaning SoftBank kompaniyasi $32 mlrd ga sotib olgan edi.
O’tgan yili 10 iyullarda Softbank Arm ning IPOsini o’tkazmoqchi ekanligi, kompaniyaning boshlang’ich qiymati $40 mlrdga baholanayotgnaligi haqidagi xabarlar tarqaldi.
13-sentyabrda Nvidia Arm kompaniyasini $40 mlrdga sotib olish istagida ekanligini bildirib o’tgandi.
Bundan keyin Arm bosh direktori Saymon Segars IPO dan ko’ra NVIDIA bilan birlashish innovatsiya va rivojlanish uchun yaxshiroq imkoniyatligini ta’kidladi.
Bu barcha texnologik kompaniyalar, davlatlar, xattoki Birlashgan Qirollikni ham o’ylantirib qo’ydi. Sababi Arm bosh ofisi hamon Cambridge shahrida joylashgan va Angliya aholisni ish bilan ta’minlaydi. NVIDIA bilan birlashish Angliya raqobat to’g’risidagi qonunlariga mosmikin? degan savollar paydo bo’ldi.
Bu birlashishdan hamma havotirlandi. Apple, Kuni kecha Windowsni Arm ga moslashtirgan Microsoft, Qualcomm hamma…
Arm va NVIDIA dan tashqari. Shu yerda STOP.
Endi Xitoy…
Xitoy bozori yaponiya uchun juda katta o’lja. Shuning uchun ham bozorni egallash maqsadida ARM Xitoylik investorlarning hamma shartiga ko’ndi. Shartlardan biri Arm China nomli qo’shma korxona tashkil etish va ushbu korxona nomiga Armning 51% ulushini berish edi. SoftBank bunga rozilik bildirdi. Keyinchalik Arm China bosh direktori Allen Vu o’z chiqishida Arm Chinanig rebrendingi va Arm kompaniyasidan butunlay mustaqil bo’lish rejalari haqida xabar berdi. Bu asr o’g’irligi deb nom oldi. ARM va SoftBankni Xitoy kuppa kunduz kuni hammaning ko’z o’ngida tunab ketdi.


ARM haqida Wikipedia
Arm Chinaning Armdan mustaqil bo’lishi
NVIDIA posti
Reutersdan Arm NVIDIA taklifiga roziligi haqida
Birlashgan qirollikning munosabati haqida Fortune
ARMning taqdimoti

%d bloggers like this: