Xitoyni ko’p kuzatamiz.
Tijorat urushi, Texnologik kompaniyalar ustidan bosim, Tik Tok va NVIDIA ning “Mega korporatsiya”ga aylanishini imkonsiz qilgan Xitoy.
Hammasi haqida ketma ket…
2008 yilda AQShda krizis bo’ldi. Bu atigi 2 yil bo’lib o’tgan qiyinchilik emas, butun jahon davlatlarining ayniqsa rivojlangan davlatlarning Globallashuv bosqichidan Deglobalizatsiya bosqichiga o’tuvchi darvoza bo’ldi. Bu so’zni yodda saqlang kerak bo’ladi.
Endi aniq fikrlar (konkretika)
2008 yilgacha Rivojlangan davlatlar “Barcha davlatlar rivojlangan bo’lsin hoh rivojlanmagan, erkin savdo qilishi kerak. Globallashuv hammamizga foydali.” deb bong urishardi. Ammo bugun bizga ma’lum, rivojlanmagan davlat va rivojlangan davlat o’rtasidagi savdodan faqat rivojlangan davlat yutadi.
Biroq AQSh ning globallashuv tarafdori bo’lishidan yana boshqa maqsad kutilgandi. 1.5 milliardlik bozorga, Xitoyga kirib borish. Bozoridan mustahkam joy olish va jahonda liderlikni saqlab qolish edi. Ammo Xitoy kommunistik davlat va til muammolari va boshqa bir qancha sabablar tufayli buning uddasidan chiqa olmadi. Ulgurmadi.
2008 yildan keyin esa Xitoy bilan savdo qilish AQShning o’ziga zarar keltira boshladi. Xitoy tovarlari AQShga kirib bordi ammo AQSh Xitoy bozorlarida mustahkam joylasha olmadi. Biroq Xitoyni to’xatatish zarur edi. Shu maqsadda Tramp tijorat urushini boshladi.
Xitoylik ishlab chiqaruvchilarni har qanday tashqi ta’minotdan uzib qo’yishga urindi. Foyda bermadi. Chunki Xitoy butunlay tashqi ta’minotsiz ham o’z iqtisodiyotini rivojlantirishga qodir davlatga aylanib ulgurgandi. Hamma sohada kerakli hom ashyoni ishlab chiqarishga qodir edi. Faqatgina texnolik sektor to’liq egallanmagandi. Buning asoratidan Huawei kompaniyasi jabr chekdi. Yodingizda bo’lsa kerak, Google Androidni, Qualcomm protsessorni Huaweiga bermadi. Huawei Harmony OS nomli Operatsion tizim ishlab chiqdi va yaqin kelajakda chiqadigan hamma smartfonlari va noutbuklari aynan shu tizimda ishlaydi. Ammo protsessor masalasi qiyin holatda qolaverdi.
“Detallarda chuqurlashish butun postni tushunishga qiyin qilib qo’yadi” deb chuqurlashmadim, ammo busiz umumiy vaziyatni tushunish imkonsiz ekan. Shuning uchun iltimos sabr bilan o’qing. 😁
To’g’ri Huaweining Kyrin nomli protsessorlari bor bu protsessorni ishlab chiqarish uchun kompaniya AQSh ta’siridagi kompaniyalardan arxitekturasini va litsenziyasini sotib olardi. Bundan tashqari Kyrinni hamma mahsulotlarda ishlatmas edi. Aynan shu sababli ham biroz o’g’ir ahvolda qoldi. Ammo yechim topildi. ARM kompaniyasiga AQSh katta ta’sir o’tkaza olmaydi (ARM haqida keyingi postda yozaman) va bu kompaniya Yaponiyaning SoftBankiga tegishli.
Xullas AQShning hamon davom etayotgan bosimlaridir sabab, Xitoy hozir mustahkam ichki bozorni tashkil qilmoqda. O’zidagi barcha texnologik kompaniyalrni bunga majburlamoqda. Ko’zingizga tushgan bo’las kerak, Xitoy kompaniyalarinig aksiyalari keskin tushib ketganligi haqidagi yangiliklar. Bu yerda Xitoy hukumatining qo’li bor. Biroq bu haqda keyingi safar.