O’z vaqtida telefon degan so’z o’rnida ushbu brend nomini ishlatishgan. Innovatsion g’oyalar bilan to’lib toshgan, uyali aloqa qurilmalari bozorini deyarli butunlay egallagan va o’z vaqtida kommunikatsiya qiroli bo’lgan ushbu kompaniya haqida bugun eslamaymiz xatto.
Nimaga kerak axir?
Men sabab topdim va bugun Microsoft, jahonning yetakchi davlatlari qanday qilib boshqa davlatlardan innovatsiyalarni tortib olishi va NOKIA hamda MICROSOFT o’rtasidagi muzokara misolida aslida qanday fundamental jarayonlar kechishi mumkinligi haqida bir fikrlashamiz.

Avval NOKIA tarixi haqida qisqacha eslab olamiz (qiziqishingiz kuchli bo’lsa , to’liq maqolani wikipediyadan ko’rishingiz mumkin. mana havola).
NOKIA Bundan 156 yil muqaddam 1865 yilda 12 may kuni Finlandiyada Fredrik Idestam, Leo Mechelin va Eduard Polón kabi Finlandiyaning eng yetakchi biznesmen va siyosatchilari tomonidan tashkil qilingan. 100 ga yaqin davlatdan 92 000 kishini ish bilan ta’minlagan 130 ga yaqin davlatlarda savdo qilgan. Biz hozir foydalanadigan GSM, 3G va LTE standartlarining ishlab chiqilishiga ulkan hissa qo’shgan va 1998 yilda dunyoning eng yirik mobil telefon va smartfon ishlab chiqaruvchisi bo’lgan. 2000 yillar kompaniyaning cho’qqiga chiqqan yillari bo’lib, o’sha davrlarda kompaniya davlat yalpi ichki mahsulotining 4% ini, jami eksportning 21% ini va Helsinki Fond Birjasining umumiy bozor kapitalizatsiyasining 70% ini tashkil etgan. Biz bugun telefon yoki smartfon deyilsa to’rtburchak qalinligi 8-10 mm 143.6 x 70.9 mm hajmdagi qurilmani tushunamiz. Ammo siz hozir Googleda Nokia deb rasmlarni izlab ko’ring… ba’zi natijalarni telefonga ham o’xshatib bo’lmaydi. Kompaniya o’z vaqtida har qanday hohish istak uchun telefon ishlab chiqarishga harakat qilgan. Savdosi kasot bo’lishidan qo’rqmay g’ayrioddiy telefonlarni model liniyasi sifatida ham chiqargan. Har yilda o’rtacha 2 yoki 3 talab yangi dizaynda ishlangan telefonlarni taqdim qilgan. Mana shulardan 10 tasi haqida maqola.
2003 yil Android va 2004 yilda IPhone loyihalari ishlab chiqila boshlandi. 2005 yilda Androidni Google $50 millionga sotib oladi va 2007 yilda o’sha davrdagi eng yirik texnologik kompaniyalar bilan Open Handset Alliance nomli Konsorsium tuzadi. Bular Intel Corporation, Motorola Inc, NVIDIA Corporation, Texas Instruments Incorporated, LG Electronics Inc, Samsung Electronics, Sprint Nextel Corporation va T-Mobile (Deutsche Telekom) edi. Konsorsium tuzilishidan maqsad Androidni Linux Yadrosiga asoslash va Free Open Source OS (Tekin va ochiq kodli Operatsion tizim) sifatida litsenziyalashni boshlash edi.
2008 yilgacha NOKIA mobil telefonlar bozorida Sony Ericson, Motorola va Samsung kabi kompaniyalar oldida gigant raqobatchi bo’lib keldi. Ammo 2007 yil chiqqan IPhone va 2008 yil chiqqan HTC Dream (birinchi android smartfoni) bozordagi vaziyatni keskin o’zgartirib yubordi. Bunda albatta Nokia o’z vaqtida “Odamlar sensorli telefonlarni qabul qilishmaydi” deb o’ylagani va Symbianga ko’proq e’tibor qaratgani asosiy sabab bo’ldi. Ammo hammasi bunchalik oson emas. Ha darvoqe, Symbiandan foydalanib ko’rganlar bo’lsa kerak, NOKIAning smartfonlarida o’rnatilgan operatsion tizim edi. Uni ishlab chiqaruvchi kompaniya NOKIA va Psion nomli kompaniyalar asos solgan Symbian Ltd bo’lib NOKIAning o’zi 2004 yil Symbian Ltd ning asosiy aksiyadori va 2008 yilga kelib yagona egasiga aylangandi. Ammo Symbian smartfonlari tez eskirdi. NOKIA esa 2008 yildan keyin bozorda ulushini yo’qota boshladi. Rasmda bu yoqotish 2010 yilda judayam tezlashganini ko’rish mumkin.

Keyinchalik Nokia Lumia modellar liniyasini ko’rdik va birdan Nokia nomi butunlay yo’qolib ketdi. 2013 yilda Microsoft Nokinanig smartfon biznesini ya’ni aynan shu Lumia va boshqa telefonlarni ishlab chiqarish huquqini, unga tegishli bo’lgan texnologiyalar hamda boshqa intellektual mulklarni $7 milliardga sotib oldi va Windows Phonelarni chiqarishga harakat qilib ko’rdi. O’xshamadi. Darvoqe o’shanda Microsoftning aytishicha Nokia va Microsoft birlashishi Nokianing yana o’z nomini tiklab olishiga va ikkala kompaniya ham yutuqda qolishiga yaxshi imkoniyat, bu ikki jamoa Microsoft va Nokia jamoalari birlashib katta marralarga yetishi kabi fikrlarni bildirgan ekan. Yanayam qizig’i shuki, o’sha davrda NOKIA bosh direktori bo’lgan Stiven Elop 2010 yildan to NOKIA Microsoftga sotilguniga qadar bosh direktor bo’lgan. 2010 yilgacha esa Microsoft kompaniyasida Microsoft Office dasturi uchun javobgar lavozimida ishlagan. Bu nima haqida xabar beradi? OK… Yaxshi gumonda bo’lamiz. Lekin NOKIA sotilishi muzokaralarida aytgan gaplarini bir tahlil qilaylik.
“Building on our successful partnership, we can now bring together the best of Microsoft’s software engineering with the best of Nokia’s product engineering, award-winning design, and global sales, marketing and manufacturing,” said Stephen Elop, who following today’s announcement is stepping aside as Nokia President and CEO to become Nokia Executive Vice President of Devices & Services. “With this combination of talented people, we have the opportunity to accelerate the current momentum and cutting-edge innovation of both our smart devices and mobile phone products.” to’liq axborotga quyida havola qoldirganman.
Stiven Elopning hozirgi faoliyati haqida Linkedindagi profilini qoldiraman.
Bir tomondan qaralganda buning hayron qolarli joyi yo’q. Axir Microsoft pul to’lab qo’yganku. Ha chindan ham. Keyinchi… Keyin nima bo’ldi?
Microsoft Nokianing bor innovatsion yechimlarini o’zlashtirib, uni HMD Global nomli Finlandiya kompaniyasiga 2016 yilda qayta sotib yuboradi. Tugmali telefonlar va Nokianing avval ishlab chiqargan dizayniga huquqni ham HMD Globalga beradi. Hozir ham Nokia brendiga huquq HMD Global qo’lida.
Endi bu hikoya fonida AQSh va Yevropa o’rtasidagi o’sha davrlarda bo’lgan muzokarlalrni ko’raylik…
2013-2016 yillar AQSh va Yevropa o’rtasida TTIP (Transatlantic Trade and Investment Partnership) tuzish kelishuvi ustida muzokarlar olib borilayotgan davr edi. Bu kelishuvga erishish uchun AQSh imkoni boricha harakat qildi. Chunki bu kelishuv AQShning texnogigantlari yevropa bozorida o’z ta’sir doirasini kengaytirishiga imkon berardi. Yevropa buni tushunar, lekin keskin “YO’Q” deb javob berolmasdi. Sababi hammamizga ma’lum. Oxir oqibatda bu kelishuv baribir imzolanmadi, ammo AQSh Yevropani o’z hududida proteksionizmni yumshatishiga majburlay oldi. Statistadan so’rasak hozirda Yevropada birorta ham butun dunyoga ta’sir o’tkaza oladigan yirik texnologik (IT) kompaniya yo’q ekanligini ko’ramiz.

Bittasi Nokia, ikkinchisi ARM edi. Shu ikki kompaniya dunyoga o’z qudrati bilan ta’sir o’tkazishga qodir bo’lgan Yevropaning dastaklaridan biri edi. Ammo endi yo’q…
ARMni Yaponiya sotib oldi va yarmini Xitoyga o’zi bilmagan holda bo’lib berdi. Nokiani esa Microsoft.