Bir necha oy avval ulkan korporatsiyalarning monopollashib borishi haqida mulohaza qilgan edik. Bular Apple, Google, Nvidia va Amazon edi. Bularda megakorporatsiya bo’lish potensiali juda yuqori ekanligi haqida fikrlar bor va buni har kim turlicha talqin qiladi. Biz esa o’zimizcha bu savolni o’rganishga qaror qilgan edik. Bugun yuqoridagi qudratli kompaniyalar ro’yxatini Microsoft bilan to’ldirmoqchiman. Nega avvalroq Microsoft bunday kompaniyalar guruhiga qo’shilmagan edi? degan savol paydo bo’lishi tabiiy.
Sababi Microsoft kompaniyasi hali o’rganilmagan edi. Bugun yillik hisobotini ko’rib Linkedin Microsoftga tegishli ekanini bilib oldim. Wikipediyada yozilishicha Linkedin 2016 yilda Microsoft kompaniyasiga $26.2 milliardga sotilgan ekan. Kompaniya sotilayotgan vaqt boshqaruvda Jeff Vayner ismli muqaddam Yahoo kompaniyasining ham boshqaruvida ishlagan shaxs bo’lgan (eslatma: Yahoo 2017 yilda Verizonga sotilgan edi). MDH davlatlarida Linkedindan ko’p foydalanishmaydi. Rossiyada esa umuman ushbu ijtimoiy tarmoq bloklangan (vaziyat bizda Twitter bloklanganligiga o’xshash).
Linkedinsiz Microsoft qudratli korporatsiya emasmi? Qudratli. Biroq bozorlarini asta sekin boy berib borishi, Windows, Microsoft Office va Xboxdan boshqa hech qanday muvaffaqiyatli innovatsiyaga ega emasligi. Yaqin kelajakda Linux rivojlanishi tezligi davom etsa, Windowsdan bozorni tortib olishi ehtimoli yuqori ekanligi va shu kabi bir qancha omillarni inobatga olib Microsoft kelajakda o’z o’rnini yo’qotishi ehtimoli yuqoriroq degan xulosaga kelgan edik. Ha… Surface, Azure, GitHub, Windows Server kabi bir qancha turli sohalarga qaratilgan mahsulot va xizmatlari bor. Ammo Microsoft kompaniyasi asosiy daromadni qayerdan olishi va qaysi bozorlarda qudratli kuchga ega ekanligini yaxshi bilamiz. Linkedin esa vaziyatni keskin o’zgartirishga qodir (darvoqe GitHub ham). Aynan shuning uchun ham Microsoft yuqoridagi jiddiy o’rganiladigan kompaniyalar ro’yxatiga qo’shiladi.
Ha yana… Megakorporatsiya so’ziga ham alohida postda to’liq ta’rif beriladi. Hozircha dunyodagi ko’pgina davlatlardan qudratliroq korporatsiyalarni tushunib turaylik.

Abror Aliboyev
Ushbu kichik blogda o'zim qiziqqan sohalardagi izlanishlarim, fikr va mulohazalarim hamda ko'rgan kechirganlarimmdan hikoyalarni qoralab boraman.
Зўр экан гап йўқ
Thank you, your site is very useful!
It is remarkable, very good information
I congratulate, very good idea
Quite right! It is excellent idea. I support you.
Thanks for helping me with my assessment it was a big assistance when I’m battling with my time to finish it. Great task I am waiting to be rated yet the assignment looks fine. I am assessing it and also will certainly return to you quickly. Many thanks. Paper was only modified as I requested with a lots of Computer Science Programmer extra information. I’ll certainly make use of the service once more.
I think this is among the most significant info for me. And i’m glad reading your
article. But want to remark on few general things, The web site style is
perfect, the articles is really excellent : D. Good job,
cheers