Borgan sari innovatsiyalar insoniyatning matematikada erishgan yutuqlariga ko’proq bog’liq bo’lib bormoqda. Bir qarashda raqamlarning umuman aloqasi bo’lmagan sohalarda hisoblash va faqat hisoblash mashinalarining qudrati rivojlanishga imkon bermoqda. Oddiy misol NLP – Natural language processing. Bu sun’iy intellekt qo’llaniladigan sohalarning biri bo’lib Google Tarjimonda va yana bir misol: Speach Recognition tizimlari, ya’ni Ovozli assistentlar (Google Assistent, Alisa, Apple Siri…) kabi dasturlarda qo’llaniladi.
Bundan tashqari Computer Vision – aqlli kameralar, Barmoq izini aniqlash tizimlari va h.k. Biroq bugun sun’iy intellekt haqida emas, uning asosi bo’lmish matematikaning, aniqrog’i Fraktal matematikasining hayotda qo’llanilishi haqida mulohaza qilmoqchiman.

Mandelbrot, fraktal geometriya… bularning barchasi haqida Wikipediyadan havola qoldiraman.
Mulohazani Kashfiyotchi Benua Mandelbrot (Benoit Mandelbrot) ning so’zlaridan boshlaymiz.
“Clouds are not spheres, mountains are not cones, coastlines are not circles, and bark is not smooth, nor does lightning travel in a straight line.”
Tarjima:
“Bulutlar sfera emas, tog’lar konus emas, qirg’oqlar aylana emas, daraxt po’stlog’i silliq emas, chaqmoq ham to’g’ri chiziq bo’ylab harakatlanmaydi.”
Bu bilan Mandelbrot tabiatni geometrik shakllar va jismlar bilan tushunib bo’lmasligiga, tabiat fraktal tuzilishga ega ekanligiga ishora qilmoqda.
Fraktallar yordamida insoniyat imkonsiz bo’lib ko’ringan ish – tabiat hodisalarini tushuntirish va yanada hayratlanarlisi, insoniyat o’z faoliyati oqibatida yuzaga keladigan va oldindan aytib berish ilojsiz bo’lgan tartibsizlik va u bo’ysunuvchi qonuniyatlarni kashf qila oldi. Fraktallar g’oyasi ko’p sohalarda o’z o’rnini topdi. Kosmologlar koinot fraktal tuzilishga ega degan fikrga kelishdi. Tibbiyotchilar inson tanasi fraktallardan tashkil topgan deyishdi. Fraktallar muxandislar, rassomlar va xatto musiqachilar ijodida o’z o’rnini topdi.
Benua Mandelbrot fraktallar to’plami yordamida Moliya bozorlarida narxlar o’zgarishini va moliya bozorlarining asl tabiati hamda qanday ishlashini, treyderlarning foyda va zararlarini, bozordagi trend va tendensiyaning fraktal tuzilishga ega ekanligini tushuntirib berishga muvaffaq bo’ldi. Ha Fraktallar yordamida xaos hukm suradigan moliya bozorlarida narxlar o’zgarishini tushuntirish mumkin ekan.
Shu yerda mashhur bir fikr o’rinli. “Bir kishi kelajakda nima qilishini aytib bo’lmaydi. Ammo bir guruhning kelajakdagi harakatini tahmin qilish mumkin”.
Bir kishi, o’xshash manfaat yo’lida harakat qiladigan bir guruh, va/yoki o’z manfaatini ko’zlab bozorga kirgan minglab kishilar va guruhlar. Bularning chindan ham fraktallarga o’xshash xususiyatlari bor. Yoki… 1 yillik tushuvchi trend, uning ichida 1 oylik o’suvchi trend, uning ichida esa 1 haftalik tushuvchi trend… Demakki fraktal g’oyasi matematikaning tahlil qilish qiyin bo’lgan sohalarni tushuntirishda asosiy quroli sifatida xizmat qiladi.
Yuqoridagi fikrlar fraktallar sun’iy intellektda qo’llanilishini inobatga olmaydi. Matematika xaosni tushuntirishga qodir ekan, sun’iy intellekt bu sohani o’rganishiga to’siq yo’q. Biroq, bugungacha bunday amaliyot haqida faqatgina nazariyalar va fikrlar bor xolos. Ammo savol, Sun’iy intellekt fraktal ko’rinishdagi voqealar, hodisalar, axborotlar va h.k. larni tahlil qilishni o’rgansa nima bo’ladi? Bu – mashinalar tartib ichidagi xaosni yanada aniqroq tushunish va prognoz qilishda insonga qudratli yordamchi bo’ladi.
Fraktal matematika yordamida mashina yuqoridagi NLP, Speach recognition, Computer Vision kabi sohalarda yanada samarali va aniq natijalar bera oladi. Masalan hozirda faqat so’z va so’z birikmalarini tarjima qolishni biladigan Google Translator grammatikani o’rgana oladi. Bu kompyuter qodir bo’ladigan oddiy ish.
Kutilayotgan eng katta istiqbol esa quyidagicha:
Xuddi fraktal kabi kompyuter o’zini o’zi dasturlashga qodir bo’lishi mumkin. Ajoyib!!! Sun’iy intellekt yaratilishida inson faktori kamayadi. Bu esa, ilm-fan rivojlanishini bir necha barobar tezlashtirib yuboradi.
Bir necha oy avval kvant kompyuterlarining istiqbollari haqida mulohaza qilganda quyidagi fikrni belgilab olgan edik. Kvant kompyuterlari ilm-fan va insoniyat rivojlanishi yo’lidagi texnologik to’siqlarni olib tashlaydi va hisoblash quvvati yetishmasligi muammolariga yechim bo’ladi.
Bugun shu fikrning davomini qoldiramiz. Sun’iy intellekt fraktal matematikasini o’rgansa, mashina o’rganishi va boshqaruvida inson faktorining yanada kamayishiga olib kelishi mumkin.
Xulosadan oldin Microsoftning Youtubedagi kanalida Benua Mandelbrot bir paytlar qilgan chiqishi videosini joylashtirgan ekan. Shu video quyida Microsoft Research Mandelbrotning “Clouds are not spheres…” fikriga qilgan qo’shimchasi: “Markets are not the safe bet your broker may claim”. Tarjimasi: “Moliya bozorlari brokeringiz ishontirganichalik risksiz pul tikish yo’li emas”
Xulosa sifatida shu videoga qoldirilgan bir ajoyib kommentni qoldiraman.
“Biz ixtiro qilmaymiz. Biz kashf qilamiz. Biz kashfiyotlarimizni ta’riflash yo’llarini ixtiro qilamiz. Toki bilimga ega bolmagunimizcha va qo’rquvimiz o’rnini bilimimiz bilan bosmagunimizcha biz buni cheksiz marta takrorlaymiz”
Mandelbrot fraktali haqida 3Blue1Browndan ajoyib video
Microsoft Research kanalidagi video
Fraktal va AIning istiqbollari haqida konferensiyadan video
AI va fractal learning haqida post
BBC dan Mandelbrotning Moliya bozorlarida izlanishlari va kashfiyoti haqida