Abror Aliboyev
Ushbu kichik blogda o'zim qiziqqan sohalardagi izlanishlarim, fikr va mulohazalarim hamda ko'rgan kechirganlarimmdan hikoyalarni qoralab boraman.

Nvidianing 5 yil ichida dunyodagi eng qimmat korporatsiya bo’lishi haqida batafsil?

Qisqacha:

  • NVIDIA jahon yalpi ichki mahsulotiga $15 trillion qo’shishi kutilayotgan – Suni’iy Intellekt Iqtisodiyotidan foydalanish orqali Appleni ortda qoldirishi mumkin.
  • O’tgan yilda NVIDIA Volta arxitekturasiga “upgrade” sifatida Ampere arxitekturasi va A100 GPU modellarini taqdim etdi.
  • NVIDIAning Gaming va Data-center segmentlaridagi daromadlari bilan tobora yaqinlashib kelmoqda. Gaming segmentida $3.06 milliard foyda ko’rib o’tgan yildan 85% ga ko’proq, Data-center segmentida esa $2.37 milliard foyda ko’rib yildan yilga 35% o’sish ko’rsatmoqda.

NVIDIA yaqin kelajakda bozor bahosi bo’yicha Appledan o’zib ketishiga sabab sifatida jahon yalpi ichki mahsulotiga $15 trillion qo’shishi kutilayotgan Sun’iy Intellekt Iqtisodiyoti yo’lidagi harakatlaridan kelib chiqib ishonishimiz mumkin. Taqqoslaganda Apple, Google, Facebook va Microsoft kabi kompaniyalarga ulkan foyda keltirgan Mobil qurilma va Internet iqtisodiyoti jahon yalpi ichki mahsulotiga  $4.4 trillion qo’shdi. Sun’iy Intellekt esa 2018 yilgacha bo’lgan davrda $2 trillion olib keldi.

Mobil qurilmalar va Internet iqtisodiyoti istemolchi va yirik kompaniyalarga foyda keltirgan bo’lsa, sun’iy intellekt sanoat va tijoratning barcha sohalarini qamrab olishga qodir va nafaqat istemolchi va yirik kompaniyalar, balki kichik va o’rta hajmli kompaniyalarga ham foyda keltiradi. Xuddi hozirda Cloud platformalari kabi sun’iy intellect ham iqtisodiyotning  har bir vertikalini qamrab olish imkoniga ega. Aniqroq aytganda xuddi zamonaviy cloud tizimlari kabi sun’iy intellektdan ham har birimiz arzon narxlarda va yuqori samaradorlik bilan foydalanishimiz mumkin.

Menda NVIDIA to’grisida ulkan tadqiqot natijasi bor va 2018-yilda kompaniyaning savdolari keskin ortib ketganini takidlaganimda NVIDIAning yana ikkita katta daromad keltirishi mumkin bo’lgan kanali borligini inobatga olmagan ekanman. Bular Dasturchilarni jalb qilish va GPUga asoslangan Cloudlar. O’sha davrlarda fikrlarim faqat NVIDIAning Gaming va Crypto-mining uchun GPU larni sotishiga qaratilgan edi.

Bu yil NVIDIA aksiyalari juda yaxshi o’sish ko’rsatgan bo’lsa, avvallari bu pozitsiya ziddiyatli edi. NVIDIA nafaqat 2018 yilda, 2019 yil avgustida ham data-centrlari daromadini ketma-ket qisqartirib keldi. 2020-yilda esa 2019 yildagidan yomonroq natija ko’rsatdi. Biz pozitisyamizni kompaniya boshdan kechirayotgan bir qancha qiyinchiliklar bilan himoya qilgan edik. Masalan: Xitoydagi keskin holat sababli Cloud xizmatlariga narxni pasaytirishga kompaniya majbur bo’lgani, ta’minot tanqisligi, katta texnologiyalardan tayyorlangan kremniy xatarlari, siklik capital harajatlari va yana ARM kompaniyasini sotib olishga ko’proq diqqat qaratayotganligi kabi.

Bugun NVIDIA 3 yil avval ta’kidlanganidek kripto ortidan asosiy sahnaga chiqib kelgan kompaniya emasligiga ko’pchilik ko’nikdi. Biroq uzoq muddatli potensial hamon bahs va munozaralar ostida qolmoqda. Chunki bu yarimo’tkazgichlar kompaniyasi, hozir bozorda qolish uchun softga yo’naltirilgan kompaniya bo’lishi kerak shundaymi? Shundaymi? Eslatish ham shart emas. Hali ham Intelga ishonayotgan invest-fondlarni ko’rishimiz mumkin. Shunchaki shunday fondda moliyaviy tahlilchi bo’lishni tasavvur qiling (agar ular hali ham ishlayotgan bo’lsa)

Nvidia allaqachon rivojlanish uchun universal platformadir, ammo bu sun’iy intellektdagi innovatsiyalar yetuk bo’lmaguncha aniq bo’lmaydi. Dasturchilar Nvidia’da sun’iy intellekt ilovalarining kelajagini dasturlashmoqda, chunki NVIDIAning GPU’lari Google’ning moslashtirilgan TPU chiplari yoki Microsoft (Xilinx’dan) foydalaniladigan FGPA chiplariga qaraganda osonroq va moslashuvchan. Shu bilan birga, Intel CPU chiplari NVIDIAning sun’iy intellekt ilovalari va machine learning bo’yicha cloudga o’tishi bilan raqobatlasha oladi. Intel yetib olishga harakat qilmoqda, ammo Nvidia yanada kuchli GPU-larni chiqarishda davom etmoqda va Amazon, Google hamda Microsoft kabi cloud provayderlari Nvidiadan yuz o’girib uning texnologiyalari olib keladigan raqobatdagi ustunlikdan voz kecha olishmaydi.

Yangi Turing T4 GPUlari yaqin orada kompaniya daromadida o’zini ko’rsatishni boshlaydi, ungacha 6-12 oy ichida Ray Tracing RTX chiplari Gaming daromadini yuqori darajada ushlab turishga qodir. Nvidia – so’nggi to’rt chorakdagi hisob-kitoblarga qaraganda, o’rtacha o’sish potentsiali 33,35 foizni tashkil etgan katta daromadlar haqida xabar bergan kompaniya. Data centerlardan tushadigan foyda 24% ga yetib yuqori tezlikda o’sib bormoqda. Sun’iy intellekt davri kelganida data-centerlar Nvidianing eng yuqori daromad oladigan sektoriga aylanishini ko’rasiz. Texnologiya sohasida va xususan Nvidia aksiyalarida ko’rgan korreksiyalarga qaramay, sabr-toqatli bo’lgan investorlar kelajakda katta daromadga ega bo’ladilar.

Shunisi e’tiborga loyiqki, men bu fikrni e’lon qilganimdan keyin aksiyalar 335% ga o’sdi – bu mega-cap aktsiyalari uchun sezilarli miqdor va o’sha davrdagi har qanday FAAMGga qaraganda deyarli 2-3 marta ko’proq daromad. Bu juda muhim, chunki men ushbu tendensiya Nvidia barcha FAAMG kompaniyalari bozor qiymatidan oshib ketmaguncha davom etishini kutmoqdaman.

Quyida Ampere arxitekturasi va A100 GPU, Enterprise AI Suite va Arm sotib olinishi bo’yicha yangiliklarni muhokama qilamiz. Bu kelgusi yilda Nvidia narxini ushlab turishga yordam beradigan yaqin kelajakdagi qadamlardir. Biz, shuningdek, Nvidia bilan Metaverse-da ko’tarilamiz, lekin buni alohida tahlil qilish uchun kelgusi oyga qoldiramiz.

Ushbu maqola Beth Kinding ning Seeking Alphadagi maqolasidan tarjima.

Global mobile industry contribution to GDP worldwide from 2014 to 2025

Holding Nvidia Stock Will Pay Off Due To Two Impenetrable Moats

Nvidia Vs. Xilinx: Heavy Hitter AI Stocks

%d bloggers like this: