Abror Aliboyev
Ushbu kichik blogda o'zim qiziqqan sohalardagi izlanishlarim, fikr va mulohazalarim hamda ko'rgan kechirganlarimmdan hikoyalarni qoralab boraman.

Microsoft ham o’zining Meta-olamini taqdim qilmoqda.

Keyingi qadamlarni albatta katta potensialga ega bo’lgan Google va Appledan kutishimiz mumkin. Ikkisining ham boshqa o’yinchilardan farq qiladigan ustunliklari mavjud. Apple allaqachon foydalanuvchilarini o’z ekotizimiga bog’lab olgan va Metaversega ko’chish foydalanuvchilar uchun osonroq bo’lsa, Google Qidiruv tizimi va GCP yordamida mukammalroq tizim va ko’proq imkoniyatlarni taklif qila oladi.
Shuningdek Amazon ham meta-olam uchun potebsialga ega lekin endi shakllanayotgan bu bozorga Amazon kirishiga ehtimol kam. Chunki Amazon iste’molchilardan ko’ra ko’proq bizneslarga yo’naltirilgan xizmatlarni taklif qiladi. Ammo ikkinchi tomondan Metaverse Amazon uchun riteyl xizmatlarini va Amazon Prime, Amazon Music, Kindle hamda Alexa kabi iste’molchiga yo’naltirilgan maxsulot va xizmatlarini yanada rivojlantirish uchun juda muhim. Qolaversa Amazonda eng qudratli Cloud Computing tizimlar bor va Metaverseni yaratish Amazon uchun juda oson. Amazonning muammosi foydalanuvchilarni to’plashda bo’lishi mumkin. Faqat Amazon internet riteyl xizmatlari foydalanuvchilaridan metaverse foydalanuvchilarini to’plash menimcha juda qiyin bo’ladi. Shunday ekan Amazon ham o’z Meta-olamini taklif qilishi ehtimoli 50 ga 50.

Asosiy savol:
Bu bozordan kim ko’proq foyda oladi?
NVIDIA!
Chunki ushbu meta-olamlarning ishlashini texnik tomondan faqat Nvidia taminlay oladi.
Kelajak sun’iy intellekt va 3D developerlari ortida va bunga Nvidia, Google, Facebook, Amazon va Microsoft allaqachon tayyor.

%d bloggers like this: