Abror Aliboyev
Ushbu kichik blogda o'zim qiziqqan sohalardagi izlanishlarim, fikr va mulohazalarim hamda ko'rgan kechirganlarimmdan hikoyalarni qoralab boraman.

1 daqiqada internetda nimalar sodir bo’ladi?

2021-yil iyuliga ko’ra internet foydalanuvchilari soni 5.17 mlrdni tashkil qilib jahon aholisining 65% iga yetdi. Bu yil boshidagi ko’rsatkichdan 10% ko’proq. Shundan 92.6 % foydalanuvchilar internetga mobil qurilmalar yordamida ulanishmoqda. Statista axborotiga ko’ra 2021 yilda yig’ilgan axborot hajmi 79 zetabaytga (zetabayt = 1021 bayt yoki 1 milliard terabayt) yetgan bo’lsa, 2025 yilgacha esa yillik axborot hajmi 180 zetabaytgacha yetishi kutilmoqda.

Global internet aholisi o’sish sur’ati.
Manba: Domo – What ‘Data Never Sleeps 9.0’ Proves About the Pandemic

Umumiy ko’rsatkichlarga qarab internet kelajagini tahmin qilish mumkin. Ammo hozirda ma’lumot almashinuvi qanchalik tezkorligini bilish imkonsiz. Domoning infografikasiga qarab 1 daqiqada eng yirik va mashxur platformalarda nimalar bo’layotganini ko’raylik:

YouTubeda 694 000 soatlik video ko’riladi, Amazonda iste’molchilar $282 000 sarflashadi, Google 5.7 million qidiruv so’rovlarini ishlab chiqadi, 65 000 ta instagram foto tarqatiladi, 575 000 ta tweet yoziladi…

Bu ko’rsatkichlar yildan yilga tezlashib bormoqda va bejizga ushbu platformalar egalari jahonning eng yirik korporatsiyalari bo’layotgani yo’q. Biz vaqtni pul bilan o’lchashni yaxshi ko’ramiz. Bu eng to’g’ri o’lchov bo’lmasa ham keling 1 daqiqa kimga nima olib kelishini ko’ramiz.

KompaniyaBir daqiqada tushadigan foydaBozor kapitalizatsiyasi (Milliardda)
Amazon$955,517$1 720
Apple$848,090$2 880
Alphabet (Google)$433,014$1 940
Microsoft$327,823$2 550
Meta$213,628$930
Tesla$81,766$970
Netflix$50,566$267

From Amazon to Zoom: What Happens in an Internet Minute In 2021?

What ‘Data Never Sleeps 9.0’ Proves About the Pandemic

%d bloggers like this: