Abror Aliboyev
Ushbu kichik blogda o'zim qiziqqan sohalardagi izlanishlarim, fikr va mulohazalarim hamda ko'rgan kechirganlarimmdan hikoyalarni qoralab boraman.

Nomini o’zgartirgan Facebook 18 yillik tarixida birinchi marotaba kunlik faol foydalanuvchilari soni pasaygani haqda hissbot berdi.

  • Facebook o’zining birinchi chorakda kundalik faol foydalanuvchilari sonining pasayishiga guvoh bo’ldi.
  • Ushbu ijimoiy tarmoq kunlik foydalanuvchilari soni 1.930 milliarddan 1.929 milliardga tushdi.
  • Shuningdek kompaniya o’zi maqsad qilgan 1.95 milliardlik marraga ham yetmadi.

Facebookning bosh kompaniyasi Meta 2021-yil dekabrida yakunlangan to‘rtinchi chorak uchun o‘z daromadlari to‘g‘risida hisobot berdi. Tsukerberg kompaniya “mustahkam chorak”ga ega bo‘lganini aytdi, biroq foydalanuvchilar bazasi nuqtai nazaridan Facebook global miqyosda va tarixda birinchi marta katta pasayish guvohi bo‘ldi.

Facebookning kunlik faol foydalanuvchilari soni 1,93 milliarddan 1,929 milliardga kamaydi. The Verge ma’lumotlariga ko’ra, Facebook Shimoliy Amerikada kunlik 1 million faol foydalanuvchisini yo’qotdi, bu esa reklama orqali eng ko’p daromad keltiradigan joy. Hisobotda qoʻshimcha qilinishicha, Instagram va WhatsApp kabi boshqa Meta ilovalarida ham foydalanuvchilarining oʻsishi “asosan bir tekis” edi.


Kundalik foydalanuvchilar bazasidagi farq unchalik katta bo’lmasligi mumkin, ammo bu Facebookning har chorakda birinchi tushishi, deya tasdiqladi CNBC. Shuningdek, u tahlilchilar tomonidan bashorat qilingan 1,95 milliard ko‘rsatkichga erisha olmadi, deya qo‘shimcha qilinadi hisobotda. Bu Facebook 2004 yilda ishga tushirilganidan beri birinchi marta global miqyosda foydalanuvchilarini yo’qotmoqda biroq, eng mashhur va keng qo’llaniladigan ijtimoiy media platformalaridan biri bo’lib qolmoqda.
Facebook, shuningdek, 2014-yildan beri birinchi marta undan o‘zib ketgan Instagram-ga birinchi o‘rinni boy berdi. SensorTower ma’lumotlariga ko‘ra, Instagram 2021-yilda Google Play-dan yuklab olishlar soni bo‘yicha dunyo bo‘ylab Facebookni ortda qoldirdi. Tsukerberg “savdo va virtuallik” bilan bir qatorda daromadlar to’g’risidagi hisobotda aytib o’tganidek, Reels ham o’sish sohalaridan biri edi. Bular, shuningdek, kompaniya metaverse tomon qurishda davom etayotgan va sarmoya kiritadigan sohalardir.
Foydalanuvchilarning Facebook-ni tark etishining sababi platformaning dizinformatsiya, hate speechlar, maqsadli kontent va boshqalar bilan bog’liq bir qancha muammolari bo’lishi mumkin. Shuningdek, Meta yosh foydalanuvchilarni Facebookda saqlab qolish uchun ham kurashmoqda, chunki TikTok va Snapchat kabi boshqa ilovalar bu guruhning e’tiborini ko’proq tortmoqda.

Manba:

History made after name change as Facebook reports fall in daily active users for the first time in 18 years

Facebook shares plunge more than 20% on weak earnings, big forecast miss

Facebook lost daily users for the first time ever last quarter

Facebook, Alarmed by Teen Usage Drop, Left Investors in the Dark

%d bloggers like this: