Facebook bugungi birja savdolarini yomon ahvolda boshladi. 2021-yil davomida to’plangan qiymat sentyabrdan bugungacha 50% ga qadrsizlashgan bo’lsa, bugun Facebook aksiyalarining qiymati 24.7% ($323 dan $243) ga arzonlashdi.

Bundan tashqari kompaniya 2022 yil birinchi choragiga prognozlarini ham kamaytirdi. Ya’ni endi kompaniya bu chorakda $30 millard emas $27-29 milliard kutmoqda.
Ammo qulash sababi boshqa va bu haqda biroz avval mulohaza qilgan edik.
Umumiy hisobda Meta bugun $200 milliard kapitalizatsiyasidan ayilgan bo’lsa, Tsukerberg qo’lidagi aktivlar $25 milliard dollarga qadrsizlashdi va endi u dunyodagi eng boy odamlarning TOP 10 taligidan chiqib ketdi.
Bundan tashqari Facebookning qulashi bugun boshqa texnogigantlarga ham ta’sir ko’rsatdi.

Savol tug’iladi. “Endi qachon yana avvalgi qiymatiga qaytishi mumkin?”. Qisqacha aytsak, Barchasi Tsukerberg va’da qilgan Metaversega bog’liq. Agarda Meta qolgan texnogigantlardan avvalroq o’z Olamini taklif qila olsa va bu foydalanuvchilarga yoqsa, kompaniya o’z qiymatiga qaytishi hech gap emas. Ammo bizga Ma’lum bo’lishicha Metaverse ustida Google va Microsoft ham ish olib bormoqda. Bundan tashqari NVIDIA katta maqsadlar bilan o’sib kelmoqda va bularning barchasi Tsukerberkni tarixda qoldirishi va Facebookni esa Odnoklasniki darajasiga tushurishi ehtimoli katta.
Batafsilroq fikrlar quyidagicha:
- Facebook So’nggi yillarda smartfon ishlab chiqaruvchilarining jumladan Apple, foydalanuvchilari ma’lumotlari maxfiyligini saqlash siyosati kuchayishi kabi to’siqlarga uchramoqda. Bundan chiqadiki Facebookning asosiy foyda manbayi bo’lmish targetlashgan reklamalardan tushadigan foydasi qisqaradi.
- Bu holat yana Metaversega ham tya’sir qilishi mumkin, sababi o’zlarining meta-olami ustida ishlayotgan smartfon ishlab chiqaruvchilari Tsukerbergning meta-olamini asosiy sifatida telefonlarda o’rnatilishiga yo’l qo’ymasligi aniq.
- Facebook o’tgan yil davomida texnik nosozliklar sabab bir necha marotaba ishdan chiqishi foydalanuvchilarning unganisbatan ishonchini yo’qotdi.
- O’tgan yil 4 oktyabrda ro’y bergan texnik qulashdan so’ng Facebook ishchisi ommaga e’lon qilib yuborgan bir qancha foydalanvchi ma’lumoti tarqalib ketishi haqidagi mish-mishlar.
Finvizda S&P 500 aksiyalarining xaritasi